FANDOM

1,928,239 Pages

StarIconGreen
LangIcon
​Omonat

This song is by Shahrizoda and appears on the album Qalb Isyoni (2010).

Shirin so'zlar har insonlar
Qalbi yayrasin, yayrasin.
Sog'lik so'rar har insonlar
Tani yayrasin, yayrasin.
Yaxshilikda sendan keyin
Noming eslansin.

Bu dunyo har kimga omonat, omonat.
Sinovlari to'lqinli sayohat, sayohat.

Dunyo topsang sen gohida
Kibr yo'lini tutma.
Shayton so'ziga kirib sen
Makr yo'lidan ketma. (2x)
Tanu joning omonatdir,
Ey, do'st, unutma!

Bu dunyo har kimga omonat, omonat.
Sinovlari to'lqinli sayohat, sayohat.

Tangri suyar, jafoga ham
Qil vafo, qil vafo.
Dardi borga malham bo'lgin,
Bo'l davo, bo'l davo. (2x)
Kimlargadur yetmay qolar
Osmonda havo.

Bu dunyo har kimga omonat, omonat.
Sinovlari to'lqinli sayohat, sayohat. (2x)