FANDOM

1,949,565 Pages

StarIconGreen
LangIcon
Erkak

This song is by Shahrizoda and appears on the album Qalb Isyoni (2010).

Dunyoga kelding – bu ham omad,
Yetti muchangiz sog'u salomat,
Bolam deya suyundi onangiz,
Bo'yingdan aylanay! – deydi dadangiz.
O'g'il bolasiz juda shunday,
Yoshlik o'tib ketdi bir zumda
Solishib, tepishib, yeb kaltaklar –
O'g'il bola bo'lib tug'ilgan-da erkaklar.
Ranging oqmi, qora, malla - bo'lmagin rasvo,
Dabdala: aroq, qimor, ko'knor, nasha,
Zinodan qilgin andisha.
Qara, barobar emas bu besh qo'l,
Qo'ygan qadamingga hushyor bo'l!

Erkak, erkak, erkak, erkaklar,
Hayot ayamaydi kaltaklar.
Erkak, erkak, erkak, erkaklar!
Erkak, erkakmisizlar – chidanglar!

"Bor bo'l, erkak" deyatgan bu dunyo.
Omonat jon, tan. Kim boy? Kimga dor.
Kasbing, halollab topgin noningni.
Haromdan qoch, qiynama joningni.
"Yaratgan!" – degin, xudo qo'llasin.
Qo'llasin, bandasin o'zi asrasin.
Tirikchilik, deysan, pul qo'lning kiri,
Qarz bo'lsang to'la qarz, erkakning eri.
Erkakmisan, olmagin qasd,
Mard bo'l endi, nomard emas!
Nohaqlik ko'p bu dunyoda,
Erkak bo'lish oson emas.

Erkak, erkak, erkak, erkaklar,
Hayot ayamaydi kaltaklar.
Erkak, erkak, erkak, erkaklar!
Erkak, erkakmisizlar - chidanglar!

Jufti halol yaxshi, bu ham omad,
O'g'il yo qiz – bu zo'r ne'mat.
Ot bosganni toy ham bosadi,
Qo'yniyam, echkiniyam o'z oyog'idan osadi!
"Bir boshga – bir o'lim" – yaxshi bilasan.
Otasan – bolaga javob berasan,
Hayot go'zaldir, ajoyib,
O'lim haqdir, bizlar mag'lub.
Oxir borar joy – qora yer,
Sherning o'ligini ham derlar sher.
Yana bitta erkakcha gap –
O'zingdan zo'rmi u, tan ber.
O'zingga, oilangga insof so'ra,
Uyalib qolishdan asrasin jo'ra.
Ollohim, tangrim! Rahim, rahmonsan,
Kimni aziz yoki xor qilasan.
Qilgin rahm, qil mehr-shafqat,
O'zingdan o'zgasiga egiltirma faqat.

Erkak, erkak, erkak, erkaklar,
Hayot ayamaydi kaltaklar.
Erkak, erkak, erkak, erkaklar!
Erkak, erkakmisizlar - chidanglar!

Erkak, erkak, erkak, erkaklar,
Hayot ayamaydi kaltaklar.
Erkak, erkak, erkak, erkaklar!
Erkak, erkakmisizlar - chidanglar!

External links